Telegram orqali ishlaydigan shaxsiy AI agent: kalendar, pochta, kassa, hujjatlar va internet bilan ishlaydi. Asosiy tamoyil — agent «hamma narsani qila oladigan» emas: har bir amal alohida tool, alohida ruxsat va alohida risk darajasiga ega. Modelning «bu xavfsiz» degan fikri hech qachon policy engine o'rnini bosmaydi.
- 42 ta ro'yxatdan o'tgan tool, L0–L5 ruxsat matritsasi, parametrlarga bog'langan bir martalik tasdiq
- Append-only audit — DB trigger darajasida; ilova xatosi ham yozuvni o'zgartira olmaydi
- pgvector ustidagi hujjat RAG'i, ovozli kirish/chiqish, Odoo va Google Workspace konnektorlari
- Brauzer alohida konteynerda, alohida tarmoqda — u bazani DNS darajasida ham ko'rmaydi
- Prompt keshlash bilan LLM xarajati 89% ga kamaytirilgan (o'lchangan), byudjet chegarasi bilan